3 aprel oqshomida “Humo arena”da o‘tgan professional boks kechasida 8 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarilib, chiroyli g‘alabalarni taqdim qilishdi. Ularning zafarlaridan olingan zavq hali hech kimni tark etgani yo‘q.
Bugun soat 15:00 da, O‘zbekiston Milliy Оlimpiya qo‘mitasining majlislar zalida mazkur kechada bahs olib borgan bokschilarimiz ishtirokida jangdan keyingi fikrlar, oldindagi rejalar mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Barcha OAV xodimlarini mazkur tadbirda kutib qolamiz.